Sohangiz:Barcha sohalarMoy almashtirishAvtomoykaAvtoservis (STO)
Avtomoyka va detailing uchun

Nechta mashina yuvildi — uydan turib ham bilasiz.

Moykachi raqamni suratga olib xizmatni yozadi — chek guruhga tushadi, moykachi ulushi o'zi hisoblanadi.

Kompyuter shart emas · Sozlashni o'zimiz qilamiz · Oldindan to'lov yo'q
Bulung'urdagi O'ktam akaning servisida har kuni ishlamoqda
Ichki hisob — soliqqa ulanmagan
Servis Hisobi5 a'zo · Servisbek
Jasur (moykachi)
📷 raqam
kuzov salon 60 naqd
Chek #128414:32
MashinaNexia 3 · 30 B 456 CA
Kuzov + salon60 000
MoykachiJasur · 35%
Jami · Naqd60 000 so'm
Jasur ulushi: 21 000Bugun: 23-mashina
Mijozga chekBekor qilish
Servisbek
Bugun 23 ta mashina, naqd 1 140 000. Eng ko'p yuvgan: Jasur — 9 ta.
Tanish holatmi?

Pul va mijozlar qayerga ketayotganini bilish qiyin

"Bugun nechta mashina bo'ldi?"

Kechqurun kassada 900 ming. Lekin moykada 20 ta mashina turganini ko'rgandingiz — qolgani qayerda?

"Men 12 ta yuvdim, aka"

Moykachilar ulushini daftar bilan hisoblaysiz. Har oy oxirida bahs, xafagarchilik va kimdir xafa bo'lib ketadi.

"Doimiy mijoz edi-ku"

Haftada keladigan mijoz boshqa moykaga o'tib ketdi. Kim qachon kelganini, kimni qaytarish kerakligini bilmaysiz.

3 qadam

Servisbek qanday ishlaydi

Yangi dastur o'rganish yo'q. Xodimlaringiz har kuni ishlatadigan Telegramning o'zida.

Usta ishlaydi — Servisbek yozadi.

Xodim yozadi yoki gapiradi

Ish tugagach, guruhga bir necha qator, surat yoki 5 soniyalik ovoz yuboriladi.

📷 raqam surati kuzov salon 60 naqd Jasur

Chek guruhga tushadi

Chek tuziladi: mashina, xizmat, narx, to'lov turi va qaysi moykachi yuvgani. Moykachi ulushi o'zi hisoblanadi, kimyo sarfi ombordan yechiladi.

Ovoz noto'g'ri eshitilsa, chek avval qoralama bo'lib chiqadi — 1 bosishda tuzatiladi.

Siz telefoningizda ko'rasiz

Har bir mashina real vaqtda guruhingizda. Kechqurun bitta xabarda: nechta mashina, tushum, har bir moykachining ulushi va kassada qancha naqd bo'lishi kerak.

Imkoniyatlar

Avtomoyka uchun sozlangan

Raqam surati bilan chek

Moykachi raqamni suratga oladi va xizmatni yozadi — chek tayyor. Ovoz bilan ham bo'ladi.

Moykachilar ulushi

Har bir moykachi foizi o'zi hisoblanadi. Oy oxirida bahs yo'q — har bir mashina ro'yxatda.

Narx ro'yxati

Kuzov, salon, motor, ximchistka — mashina toifasi bo'yicha (yengil, krossover, jip).

Kechki tushum

Nechta mashina, qancha naqd va Click, kim nechta yuvdi — bitta xabarda.

Kimyo ombori

Shampun, vosk va boshqa kimyo qoldig'i. Kam qolsa, ogohlantiradi.

Nasiya va korporativ

Taksi parki yoki tashkilot mashinalari — oy oxirida bitta hisob.

Sodiqlik: har N-yuvish bepul Tez kunda

Doimiy mijoz necha marta kelganini tizim sanaydi va bepul yuvishni eslatadi.

Rahbar kodi

Tushum va foydani faqat Siz ko'rasiz.

O'zingiz hisoblang

Yozilmay qolgan yuvishlar qancha turadi?

Avtomoykada pul ko'pincha naqd. Har kuni bir-ikkita mashina yozilmasa ham, oyiga katta summa bo'ladi.

Oylik aylanma
—
Oyiga yozilmay qolishi mumkin
—
Hisob faqat Siz kiritgan raqamlarga asoslangan — kafolat emas. Taqqoslash uchun: Mini tarif oyiga 190 000 so'm.
Taqqoslash

Hozirgi usul va Servisbek

Daftar yoki nazoratsizAlohida kassirServisbek
Har bir mashinaBa'zan yoziladiKassir bor paytdaRaqam surati bilan, har doim
Moykachilar ulushiOy oxirida bahsQo'lda hisoblanadiHar bir chekda o'zi
Qo'shimcha xarajatYo'qHar oy maoshMini tarif — 190 000 so'm/oy
Egasi uzoqda bo'lsaHech narsa ko'rinmaydiKassirga qo'ng'iroqHar bir mashina guruhda
Mijozni qaytarishYo'qYo'qMijozlar bazasi va tashriflar tarixi
Jonli tajriba va natijalar AvtoPro Bulung'ur ustaxonasi logosi

Servisbek Bulung'urdagi O'ktam akaning "AvtoPro" ustaxonasida har kuni ishlamoqda

Bulung'ur "AvtoPro" ustaxonasida sinovdan o'tgan tizim endi avtomoykalar uchun ham tayyor: har bir yuvilgan mashina chek bilan kiritiladi, moykachilar ulushi avtomatik hisoblanadi.

Kassadagi cheklar
1 000+ chek
Tejalgan vaqt
Kuniga 2–3 soat
Ombor hisobi
0 kamomad
"Usta mashina oldida turib 5 soniya ovoz yuboradi — chek guruhga tushadi, moy esa skladimdan o'zi yechiladi. Kechqurun kassa daftarsiz to'g'ri chiqadi."
— O'ktam Adxamov, "AvtoPro" ustaxonasi asoschisi (Bulung'ur)
14 kun bepul sinash 60 soniyalik jonli demo
Bulung'urdagi O'ktam akaning AvtoPro avtoservisi — Cobalt va usta telefon bilan
Tariflar

Biznesingizga mos tarif

Barcha tariflarda 14 kun bepul sinov (birinchi chekdan boshlab) va bepul sozlash. Oylik to'lov — istalgan vaqtda to'xtatishingiz mumkin.

1 boks

Mini

Kuniga 1–10 mashina. Kichik shoxobcha va yakka ustalar uchun.

190 000 so'm/oy
  • Cheksiz Telegram cheklari
  • Guruhga jonli cheklar
  • Kechki xulosa
  • Nasiya daftari
  • Naqd, Click, Payme, Uzum
14 kun bepul sinash
2–3 boks

Standart

Kuniga 10–30 mashina. Faol shoxobcha va servislar uchun.

490 000 so'm/oy
  • Mini'dagi hammasi
  • Ovozli chek
  • Ombordan avtomatik yechish
  • Xodimlar ulushini hisoblash
  • Mijozlarga eslatma ro'yxati
  • Web panel va Excel
14 kun bepul sinash
3–5 boks

Pro

Kuniga 30+ mashina. Ko'p boksli markazlar va 2–4 filial uchun.

890 000 so'm/oy
  • Standart'dagi hammasi
  • Filiallarni taqqoslash
  • Joyida sozlash va o'rgatish
  • Ustuvor yordam
14 kun bepul sinash
5+ filial

Tarmoq

Tarmoqlar va multiservis majmualar.

Kelishuv
  • Pro'dagi hammasi
  • Markaziy boshqaruv paneli
  • Integratsiyalar — so'rov bo'yicha
14 kun bepul sinash
Savol-javob

Ko'p so'raladigan savollar

Narxlar mashina turiga qarab har xil bo'lsa-chi?

Narx ro'yxatini mashina toifasi bo'yicha kiritamiz: yengil, krossover, jip, mikroavtobus. Moykachi faqat xizmat nomini yozadi, narx o'zi qo'yiladi.

Har bir moykachining telefoni bo'lishi shartmi?

Yo'q. Mashinalarni administrator yoki katta moykachi yozsa ham bo'ladi — chekda qaysi moykachi yuvgani ko'rsatiladi.

Moykachilar foizi har xil bo'lsa?

Har bir moykachiga o'z foizini belgilaysiz. Kechki xulosada har birining ulushi alohida chiqadi.

Bu soliq kassasimi? Ma'lumotlarimiz kimga boradi?

Yo'q. Servisbek — ichki boshqaruv hisobi. U soliq yoki boshqa davlat tizimlariga ulanmagan va soliq kassasining o'rnini bosmaydi. Ma'lumotlar Sizniki: istalgan vaqtda Excel'ga yuklab olasiz, so'rovingiz bilan o'chiriladi. Har bir biznesning bazasi alohida — boshqalar Sizning ma'lumotingizni ko'rmaydi.

Kompyuter yoki kassa apparati kerakmi?

Yo'q. Siz va xodimlaringiz oddiy smartfondan (iPhone yoki Android) Telegram orqali ishlaysiz. Xohlasangiz, boshqaruv panelini kompyuterda ham ochasiz.

Ruscha yoki aralash gapirsa tushunadimi?

O'zbekcha, ruscha va aralash nutqni tushunadi. Shovqinda biror raqam noto'g'ri eshitilsa, chek avval qoralama bo'lib chiqadi — xodim tuzatib, keyin tasdiqlaydi.

Kim sozlaydi va xodimlarni o'rgatadi?

Sozlashni o'zimiz bepul qilamiz: Telegram guruhini ulaymiz, xodimlar va ularning ulushini, narx va qoldiqlarni kiritamiz, daftardagi ochiq nasiyalarni o'tkazamiz. Birinchi kuni xodimlarga ko'rsatamiz.

Bepul sinov qanday o'tadi?

14 kun — birinchi haqiqiy chekdan boshlab — tizim to'liq ishlaydi. Birinchi va 14-kuni qoldiqni birga sanaymiz: kamomad bor-yo'qligini o'zingiz ko'rasiz. Yoqsa — tarif tanlaysiz. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz, ma'lumotlaringizni Excel'da olib qolasiz. Oylik to'lov, istalgan vaqtda to'xtatishingiz mumkin.

14 kun bepul sinab ko'ring

Formani to'ldiring — Telegram orqali bog'lanamiz, avtomoyka uchun sozlab beramiz va xodimlaringizga ko'rsatamiz.

Rahmat! Telegram ochildi — xabarni yuborish tugmasini bosing. Ochilmasa, @servisbek_bot ga yozing.
Ma'lumotlaringiz faqat Siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.