Usta ovoz yuboradi — ish, detal va ustaning ulushi bitta chekda. Mashina tarixi raqam bo'yicha saqlanadi.
Mijoz detal narxidan norozi, usta boshqacha aytadi. Qaysi detal qancha turgani va qayerdan olingani yozilmagan.
Mashina qaytib keldi — kafolat masalasi. Kim, qachon, nima qilgani hech qayerda yo'q.
Oy oxirida ustalar bilan hisob-kitob — daftar, xotira va bahs. Kim qancha ish qilgani noaniq.
Yangi dastur o'rganish yo'q. Xodimlaringiz har kuni ishlatadigan Telegramning o'zida.
Usta ishlaydi — Servisbek yozadi.
Ish tugagach, guruhga bir necha qator, surat yoki 5 soniyalik ovoz yuboriladi.
Chek tuziladi: ish haqi va ehtiyot qism alohida qatorda, detal ombordan yechiladi, ustaning ulushi ish haqidan hisoblanadi, to'lov turi yoziladi.
Ovoz noto'g'ri eshitilsa, chek avval qoralama bo'lib chiqadi — 1 bosishda tuzatiladi.
Har bir ish real vaqtda guruhingizda. Kechqurun: nechta mashina, ishdan va detaldan tushum, har bir ustaning ulushi va kassadagi naqd.
Ish haqi va ehtiyot qism bir chekda, lekin alohida — mijozga ham, Sizga ham tushunarli.
Har bir ustaning foizi ish haqidan o'zi hisoblanadi. Oy oxirida tayyor ro'yxat.
Skladdan olingan detal o'zi yechiladi. Kam qolsa, ogohlantiradi.
Raqam bo'yicha: qachon, kim, qanday ish, qaysi detal. Kafolat masalasida dalil.
Keyingi texnik xizmat vaqti kelgan mijozlar ro'yxati — qo'ng'iroq qilasiz yoki xabar yuborasiz.
Qo'li moy usta gapiradi — chek tayyor. Servis so'zlarini tushunadi: kolodka, razval, xodovoy.
Mashina bir necha kun tursa, ish va detallar bosqichma-bosqich qo'shiladi, oxirida bitta chek.
Sof foyda, detal tannarxi va qarzlarni faqat Siz ko'rasiz.
Yozilmagan ish, "o'zimiznikiga" ketgan detal, unutilgan qarz. O'z raqamlaringizni kiriting.
| Qog'oz daftar | Kompyuter dasturi / 1C | Servisbek | |
|---|---|---|---|
| Ish va detal | Aralash yoziladi | Alohida, lekin kompyuterda | Alohida, ustaning telefonida |
| Ustalar ulushi | Oy oxirida bahs | Qo'lda hisoblanadi | Har bir chekda o'zi |
| Mashina tarixi | Yo'q | Bor, ofisda | Raqam bo'yicha, telefonda |
| Uskuna | Daftar | Kompyuter, printer, litsenziya | 0 so'm — mavjud telefonlar |
| Egasi uzoqda bo'lsa | Hech narsa ko'rinmaydi | Ofisga borish kerak | Har bir chek guruhda |
Bulung'ur "AvtoPro" ustaxonasida sinovdan o'tgan tizim avtoservislar uchun to'liq moslangan: xizmat haqi va ehtiyot qismlar birgalikda kiritiladi, usta ulushi va do'kon daromadi alohida yuritiladi.
"Usta mashina oldida turib 5 soniya ovoz yuboradi — chek guruhga tushadi, moy esa skladimdan o'zi yechiladi. Kechqurun kassa daftarsiz to'g'ri chiqadi."— O'ktam Adxamov, "AvtoPro" ustaxonasi asoschisi (Bulung'ur)
Barcha tariflarda 14 kun bepul sinov (birinchi chekdan boshlab) va bepul sozlash. Oylik to'lov — istalgan vaqtda to'xtatishingiz mumkin.
Kuniga 1–10 mashina. Kichik shoxobcha va yakka ustalar uchun.
Kuniga 10–30 mashina. Faol shoxobcha va servislar uchun.
Kuniga 30+ mashina. Ko'p boksli markazlar va 2–4 filial uchun.
Tarmoqlar va multiservis majmualar.
Chekda faqat ish haqi yoziladi, ombor o'zgarmaydi. Mashina tarixida esa detal mijozniki ekani ko'rinadi.
Hozir chek ish tugaganda yoziladi. Bir necha kunlik ochiq naryad — tez orada qo'shiladi.
Chekda har bir detal alohida qatorda turadi va mijozga raqamli chek yuboriladi. Tannarx va foydani faqat Siz rahbar kodi bilan ko'rasiz.
Yo'q. Servisbek — ichki boshqaruv hisobi. U soliq yoki boshqa davlat tizimlariga ulanmagan va soliq kassasining o'rnini bosmaydi. Ma'lumotlar Sizniki: istalgan vaqtda Excel'ga yuklab olasiz, so'rovingiz bilan o'chiriladi. Har bir biznesning bazasi alohida — boshqalar Sizning ma'lumotingizni ko'rmaydi.
Yo'q. Siz va xodimlaringiz oddiy smartfondan (iPhone yoki Android) Telegram orqali ishlaysiz. Xohlasangiz, boshqaruv panelini kompyuterda ham ochasiz.
O'zbekcha, ruscha va aralash nutqni tushunadi. Shovqinda biror raqam noto'g'ri eshitilsa, chek avval qoralama bo'lib chiqadi — xodim tuzatib, keyin tasdiqlaydi.
Sozlashni o'zimiz bepul qilamiz: Telegram guruhini ulaymiz, xodimlar va ularning ulushini, narx va qoldiqlarni kiritamiz, daftardagi ochiq nasiyalarni o'tkazamiz. Birinchi kuni xodimlarga ko'rsatamiz.
14 kun — birinchi haqiqiy chekdan boshlab — tizim to'liq ishlaydi. Birinchi va 14-kuni qoldiqni birga sanaymiz: kamomad bor-yo'qligini o'zingiz ko'rasiz. Yoqsa — tarif tanlaysiz. Yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz, ma'lumotlaringizni Excel'da olib qolasiz. Oylik to'lov, istalgan vaqtda to'xtatishingiz mumkin.
Formani to'ldiring — Telegram orqali bog'lanamiz, avtoservis (sto) uchun sozlab beramiz va xodimlaringizga ko'rsatamiz.